Ehtirom

Date:

Ilmga bag‘ishlangan hayot yo‘li yuksak ibrat namunasidir. Inson ilm bilan kamolotga erishib, hayot haqiqatlarini anglaydi. Bu uning botinida namoyon bo‘la boshlaydi. Jamiyat hayotimizda, atrofimizda hayotini ilmga bag‘ishlagan insonlar, olimlarning borligi tanlagan yo‘limizga nisbatan ishonchimizni oshiradi. Termiz davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetida faoliyat yuritib kelayotgan ustoz Normat Yo‘ldoshev ham ana shunday yo‘ldan mardonavor yurib, xalq orasida hurmat va e’tibor qozongan inson. Uning ilm va hayot yo‘liga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha esa barchaga katta qiziqish uyg‘otdi.


Tadbirda so‘z olganlar ustozning bugungi kundagi yutuqlari va erishgan natijalarini alohida e’tirof etishdi. Ilmiy izlanishlari haqida to‘xtalib, ustozning tanlagan mavzularining ilmiy ahamiyati, nechog‘lik dolzarbligi haqida to‘xtalishdi. Albatta, ustoz muallifligidagi qator maqolalar, risola va darsliklar o‘z-o‘zidan yozilib qolgan emas. Unda muallifning mehnati, izlanishlari mujassam. Shu jihatdan, kecha qahramonining faoliyatiga qiziqish bildirgan yoshlar, ustozga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, munosib javob ham olishdi.
Samimiy ruhda o‘tgan kechada ustoz shogirdlarining e’zozi va ardog‘ida bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tartib o‘zgardi

O‘zbekistonda ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirildi. Prezident...

Yoshlar gulxan atrofida jam

Albatta, qaysidir rahbarning qabuliga kirsangiz, aytadigan gapingiz-da yodingizdan ko‘tarilishi,...

Maktablar — jinoyatdan holi hudud

Maktablarda yoshlarga puxta bilim berish bilan birga munosib tarbiya...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Xalqimiz orasida ezgulik, saxovat, mehr-oqibat va shukronalik timsoli bo‘lgan...
KunTun
KunTun