Бош саҳифа / Таълим / Dual ta’lim – o’quvchining ishlashiga imkon beradimi?

Dual ta’lim – o’quvchining ishlashiga imkon beradimi?

Yaponiyaliklarda bir ibora bor, “Soyasini toptamaslik uchun o‘qituvchidan yetti qadam ortda yur!”, Fransiyada esa boylar o‘z yashash joylari bilan maqtanish uchungina o‘qituvchilar bilan bir hududda yashashga intilishar ekan. Mana, sizga o‘qituvchiga va uning kasbiga bo‘lgan yuqori baho. Bizda ham bugun o‘qituvchi maqomini ana shunday yuqori darajaga olib chiqish, xalq ta’limida sifat va samarani oshirish davlat siyosati darajasida. O‘qituvchi nomini ulug‘lash, unga e’tibor qaratib, ushbu kasbning obro‘sini oshirish, shu sohada faoliyat yuritayotgan kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor ko‘rsatilayotgani hammamizga kunday ravshan. Xalq ta’limi tizimida kundan kun yangiliklar kuzatilayapti.

Xalqning bolasiga jon mehri bilan ta’lim-tarbiya berish, unga yuqori saviyada dars o‘tish maqsadida oliy ta’limda o‘qiyotgan talaba-yoshlar bilan bir qatorda, o‘zi boshqa bir yo‘nalishda tahsil olayotgan bo‘lg‘usi kadrlarda ham o‘qituvchi bo‘lishga, ta’lim maskanlarida iftixor bilan ustoz degan nomga sazovor bo‘lish imkon bor.

Prezidentimizning “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu sohada yangi bosqichni boshlab berdi.

— Ayni paytda pedagog mutaxassisligiga ega bo‘la turib, pedagogikaning boshqa yo‘nalishida o‘qish ishtiyoqi bor o‘qituvchilar markazimizda olti oy davomida tahsil olib, ikkinchi mutaxassislikni egallashi mumkin 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab, markazimizda bir yillik pedagog kadrlarni tayyorlov kurslari tashkil etiladi. Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti va hududiy markazlarda bir yillik maxsus kurslarda yangi o‘quv yilidan boshlab, nopedagog mutaxassislikda tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari ana shu maxsus pedagogik tayyorlov modul-larida o‘qib, sertifikatga ega bo‘lgach, xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi, — deydi viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi matbuot kotibi Alisher Muqimov.

— Shuningdek, 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab, Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti va hududiy markazlarda pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari, institutlarda pedagogik bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalari uchun joriy etiladigan pedagogik tayyorgarlik modullari amaliyotga kiritiladi. Modullarni o‘zlashtirganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega shaxslarga oliy ta’lim tashkilotida o‘qishni bitirganidan so‘ng qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan mutaxassisligiga oid fanlardan umumiy o‘rta va professional ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi. Modullar bo‘yicha o‘qitish talabalarning OTMda tahsil olishdan bo‘sh vaqtida, Xalq ta’limi vazirligining granti va to‘lov-kontrakt asosida amal-ga oshiriladi. Vazirlik granti ehtiyoj yuqori bo‘lgan pedagogik mutaxassisliklar bo‘yicha ajratiladi. Ushbu modullarni grant asosida o‘zlashtirgan talabalar OTMni bitirganidan so‘ng kamida ikki yil ishlab berish uchun vazirlik tomonidan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga taqsimlanadi.

Shuningdek, ushbu qarorning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida videokontentlarni suratga olish va montaj qilish professional studiyasi ham tashkil etildi. Ushbu studiyada fanlar bo‘yicha videokontentlar yaratish yo‘lga qo‘yildi.

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududiy markaz professor-o‘qituvchilari  Coursera platformasi bilan hamkorlik qilgan taniqli universitetlarda malakali o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladigan yuzlab bepul kurslarni olish uchun ro‘yxatdan o‘tib mutaxassisliklari bo‘yicha (jumladan, TESOL, maktab boshqaruvi, AKT yo‘na-lishlari, loyiha boshqaruvi va boshqalar) 1332 ta kursni muvaffaqiyatli tamomladilar va sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.

Virjiniya, Michigan va Illinois universitetlari singari dunyo-ning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Malaka oshirish kursi tinglovchilarining kompyuterda onlayn test topshirish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni test sinovlariga tayyorlash maqsadida www.atfmalaka.uz saytida joylashtirilgan test yechish dasturining mobil versiyasi ham yaratildi.

Xalq ta’limi sohasidagi mahalliy va yetakchi  xorijiy tashkilotlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida ta’lim, mahorat darslari va tajriba almashish uchun Finlyandiya, AQSH, Rossiya davlat ta’lim tashkilotlari olimlari, o‘qituvchilar, mutaxas-sislari taklif etildi. Hududiy markaz va dunyoning turli mam-lakatlari olimlari  bilan hamkorlikda xalqaro onlayn vebinarlar tashkil etilib borilmoqa.

Hududiy markazda tabiiy fanlarning zamonaviy STEAM laboratoriyalarini tashkil etish va jihozlash yuzasidan ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xalq ta’limida samarali mehnat qilayotgan pedagog kadrlarga yuqori malakali bilim berish maqsadida hududiy markazni yuqori malakali, ta’lim berishning zamonaviy shakl va uslublarini, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini puxta egallagan, ilmiy salohiyat va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida OTMlari va maktab o‘qituvchilari bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yil-gan. Ham o‘qishni, ham ishni birvarakayiga olib bormoqchi bo‘lgan talaba-yoshlar uchun ham yana bir yangi qaror qabul qilindi. Joriy yilning 29-martida qabul qilingan “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq, 2021/2022-o‘quv yilidan professional ta’lim tizimida dual ta’lim tashkil etiladi.

Dual ta’lim – bu ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib boruvchi tizimdir.

Dual ta’limni tashkil etish uchun hokimliklar va manfaatdor vazirliklar tomonidan o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi va taklif tayyorlanadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi har yili 1-iyulgacha dual ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlanadigan ta’lim muassasalarini belgilaydi. Tanlangan ta’lim muassasalari belgilangan kvotalar bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qiladi. Ta’lim muassasalari kadrlarga ehtiyoji bo‘lgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma tashkilot va o‘quvchi o‘rtasida ham tuziladi. Bunda o‘quvchi uchun tashkilotda muayyan ish o‘rni ajratiladi. O‘quvchilar bir haftada kamida ikki kun ta’lim oladi, qolgan kunlar ishlaydi.

O‘quvchiga ishlagan kunlari uchun haq to‘lanadi.

Adolat Mo‘minova

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

5 август куни ОТМга кириш имтиҳонлари бошланади

Бу йилги тест синовлари икки сменада ўтказилади: 1-смена 07:00 да, 2-смена 19:00 да Surxondaryo viloyatida …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan