Бош саҳифа / Маданият / Do‘mbira sadosini eshitib ulg‘aydim

Do‘mbira sadosini eshitib ulg‘aydim

Do‘mbira sadosini eshitib ulg‘aydim. Terma tinglab, do‘mbiraning nag‘masidan qonib o‘sgan bola baxshi bo‘lmay qolarmidi?

7 yoshimdan bobom Abdunazar baxshi Poyonovning aytimlariga mos qilib do‘mbira chertishni boshlagan bo‘lsam, 17 yoshimdan buyon “Alpomish”-u “Ravshanxon”dan, “Malla savdogar”dan parchalar kuylab, bobom yurgan yo‘ldan og‘ishmay keldim. Bobomeros kasbni davom ettirishda qat’iy jazm-u qaror ila bel bog‘laganim menga kuch-g‘ayrat, ishtiyoq baxsh etadi. Abdunazar Poyonovdek Xalq baxshisining, O‘zbekiston tanigan va tan olgan baxshining zurriyodi ekanimdan, shogird bo‘lib baxshichilik sir asrorlarini o‘rganganimdan faxrlanaman. Prezidentimizning Surxondaryoga tashrifi , ular bilan uchrashish menga ham nasib etdi.

Yurtboshimiz barcha sohalarga e’tibor qaratish asnosida biz, yoshlarning, dilso‘zlarimizga, ezgu istaklarimizga, kerak bo‘lsa, muammolarimizga quloq tutdilar.Uchrashuv samimiy va ajoyib o‘tdi. Barcha qatori men ham o‘zimning taklifim, xushxabarim va tuhfam ila ishtirok etdim. Aynan Prezidentimiz tashabbusi ila bunyod etilgan Baxshichilik maktabiga seminarlar, ko‘rik-tanlov va tadbirlar bahonasida tez-tez borganim sabab u yerdagi holat bilan tanishman. Tumanlardan qatnaydigan yosh baxshilarning turarjoy masalasi kishi e’tiborini tortmay qolmasdi. Uzoq tog‘li hududlardan, olis qishloqlardan kelgan bolalar yo yaqinlarining uyida, yo ijarada yashashiga to‘g‘ri kelishi ijodga ta’sir qilmay qolmaydi. Shu sababdan ham uchrashuvda Baxshichilik maktabi uchun yotoqxona qurish takli‑ ni bildirdim. Yurtboshimiz yil yakuniga qadar yotoqxona qurib berishlarini aytganlarida boshim osmonga yetdi. Shundan so‘ng “Yoshlar ovozi” festivalining respublika bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotganimni aytib, terma qo‘shiqni jo‘shib aytib yuboraveribman.

Bugungi kundan minnatdorlik hissi, Prezidentimizning yaratayotgan imkon va imtiyozlari, biz, yoshlar, esa “qaynab”, yonib yashayotganimizni jo‘shib aytaverdim. Baxshi xalqdan kuch oladi, ilhom oladi. Bu safar meni davlatimiz rahbari tinglayotgani esa yanada ilhomlantirdi. Bu esa baxshichilikka mehrimni yanada oshirib, shu yurt, shu Vatan farzandi, baxshisi ekanimdan faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.

Abdurahmon ABDUNAZAROV,

TerDU San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabasi

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

10 barmog’idan hunar tomsin

Esimda qishi bilan jundan ip yigirib kalava qilgan buvim yozda ularga turli rang berib, katta …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan