Chempion bilan uchrashuv

Date:

AQShning Missisipi shtati, “Camp Shelby” harbiy o‘quv bazasida bo‘lib o‘tgan “Eng ilg‘or jangchi-2023” musobaqasi haqidagi xabarlar shov-shuvlarga sabab bo‘lganidan xabarimiz bor. Unda muzrabotlik, hozirda Namangan viloyatining Chust tumanida xizmat vazifasini o‘tab kelayotgan kichik serjant Anvar Tursunov xalqaro rekordni yangilab, mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Albatta, bunday natija eshitgan quloqqa xush yoqishi bilan, o‘zbek o‘g‘loniga nisbatan faxr va g‘ururimizni oshiradi. Xo‘sh, ana shunday yo‘ldan ketmoq, munosib izdosh bo‘lmoq uchun yosh sportchi yoki o‘g‘lonlarimiz nima qilishlari lozim?
Muzrabot tumani “Nurli hayot” mahallasidagi o‘zi o‘qib, tahsil olgan 53-umumta’lim maktabida tashkil etilgan uchrashuvga Anvar Tursunov tashrif buyurdi va maktab o‘quvchilari, mahalla faollari va maktab jamoasi bilan yaqindan tanishib, suhbatdoshlariga ana shunday savollarga javobi bilan munosib motivatsiyani bera oldi.
Uchrashuvda tuman hokimi Abdurashid Ismailov ham qatnashib, Anvar Tursunovning ota-onasiga shunday chempionni tarbiyalab voyaga yetkazganligi uchun rahmat aytdi.
Suhbat davomida Anvar Tursunov o‘zi haqida, harbiylik hayoti, bunday natijalarga erishishida sabab bo‘lgan jihatlar haqida gapirib berdi. Qolaversa, yoshlarga kerakli maslahat va tavsiyalarini berish bilan birga berilgan savollarga ham javob qaytardi. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tdi.
Mana shunday uchrashuvlarning tez-tez tashkil etib turilishi avvalo yoshlarning qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish bilan birga ona Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mavjlantiradi. Ertangi kunga ishonchini oshirib, o‘z oldiga buyuk maqsadlarni qo‘yishiga xizmat qiladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU talabalari o‘qishni Turkiyada davom ettiradimi?

Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin deyishganidek, til o‘rganishda ham...

Pilla mavsumiga start berildi

Joriy yil pilla hosili uchun birinchi mavsumga start berildi....

Ijodkor yoshlar bellashdi

Ijodkor, qo‘liga qalam tutib, nasr yoki nazmda ijod qilishni...

Mehmonlar yuksak saviyada kutib olinadi

Joriy yilning 1-7-may kunlari “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib...
KunTun
KunTun