Бош саҳифа / Жамият / Bola balo bo’lmasidan avval

Bola balo bo’lmasidan avval

Sharq mutafakkirlarining ijodiy merosida ta’lim-tarbiya masalasi muhim o‘rin egallaydi. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida oilada bola tarbiyasi masalalari va ularni hal etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan

Abu Nasr Farobiy bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmog‘i va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat bo‘lmog‘i lozim degan xulosaga kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalasiga Abu Ali ibn Sino ham alohida e’tibor qaratgan. Bu borada “Tadbir almanozil” nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda oilada onaning vazifasi va burchiga, oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa, ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o‘rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi.

 Beruniy ota-onalarning bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli o‘yinlar uyushtirishlari, ular bilan o‘zaro suhbatlar o‘tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Beruniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari haqidagi, shaxsning rivojlanish to‘g‘risidagi fikrlarining zamirida insonparvarlik g‘oyasi yotadi. U har bir ota-ona o‘z farzandlariga ana shu g‘oyani singdirishi zarur deb hisoblaydi. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarida oilaviy, maishiy turmush muammolariga ham katta e’tibor beradi. Ota-onalar nazoratda bo‘lgan bolaning mas’uliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota-onaning mavqyei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l farzandlarining kelajagini, kamoloti uchun psixologiyasida muhimdir.

 Mirzo Ulug‘bekning qarashlarida bolaning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‘rin tutadi. Kaykovus “Qobusnoma” pandnomasida: ‘‘…O‘z farzanding sening haqingda qanday bo‘lishini istasang, sen ham ota-ona haqida shunday bo‘lg‘il” deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga, e’zozlashga, mehr-oqibatli bo‘lishga da’vat etadi. Bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham munosib o‘rin egallaydi. U o‘zining qator asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari umuminsoniy g‘oya ekanligini ta’kidlaydi.

 Matluba SHonazarova,

Angor tumanidagi 21-MTT tarbiyachisi

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Ёмон гумон омад йўлимизни боғлайди

Толҳа ибн Абдурроҳман ибн Авф ўз замонасида Қурайшнинг энг саховатли кишиси эди. Бир куни унга …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan