Бош саҳифа / Спорт / Bekorchilikdan chempionlikkacha

Bekorchilikdan chempionlikkacha

Sport insonga sog‘lik, o‘ziga ishonch hissini berish bilan birga yutuqlardan quvonish, baxt tuyishni ham o‘rgatadi. Atrofga, dunyoga qarashlaringizni o‘zgartiradi. Nodirning bu haqiqatlarni anglaganiga ancha bo‘lgan va o‘z yo‘lini ham allaqachon tanlagan.

U 7-sinfligidayoq “bekor yurgandan ko‘ra sport bilan shug‘ullansam-chi”, degan o‘y bilan Oltinsoy tumanidagi 6-sonli maktabda Turon yakkakurashi bo‘yicha mashg‘ulotlarga qatnay boshladi. Treneri O‘ral Hamrayev Nodirdagi kuchg‘ayratni ko‘rib, uni chiniqtirdi, harakatlarini to‘g‘ri baholay oldi, shekilli, Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston chempionatiga olib bordi. O‘shanda Nodir bor imkoniyatini ishga soldi — uchinchi o‘rin naqd. Bu yosh sportchiga boshqacha ta’sir qildi. Hayotida tub burilish yasadi. Sportdagi izlanish va harakatlar besamar ketmasligini angladi.

Treneri ham joyiga zarba berib, kerakli tavsiya va maslahatlarni berdi. — O‘sha kundan boshlab sportga qarashlarim o‘zgardi, — deydi yosh sportchi. — O‘z oldimga jiddiy maqsadlar qo‘yib, tayyorlana boshladim. Qisqa muddatda O‘zbekiston chempioniga aylandim. Ayni paytda Nodir Norbo‘tayev Oltinsoy tum anidagi 52-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi. U maktabning faxri, o‘quvchilar ham, Nodirning tengqurlari ham bizning chempion deya g‘ururlanishadi. Tayyorgarlik ko‘rishi uchun ham maktab ma’muriyati shart-sharoit yaratib bergan. U Turon yakkakurashini, sportning karate turlarini puxta o‘zlashtirib kelayotir. Karate sport turida Nodirga treneri Sherzod Naimovning mehnati ko‘p singdi. Shogirdlarini yetaklagancha hali u musobaqada, hali bu chempionatda kuchini sinattiradi, g‘oliblik sari yetaklaydi. Shogirdi Nodir ham ustozining yuzini yerga qaratmay, 3 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lib, shohsupaning eng yuqori o‘rinlaridan joy oldi. Kurashda pishgan yigitning o‘zini karateda ham sinab ko‘rishida o‘ziga xos sabablar bor, albatta.

Insonning hech qanday sovuq qurolsiz, qo‘llar ila o‘zini himoya qila olishi ham qaysidir ma’noda san’at. Epchil va tez harakatlar tomoshabinlar e’tiborini tortmay qo‘ymaydi. Karatening shunday turlari ham borki, unda aralash jang san’ati turlari uyg‘unlashib, jang maydonida kuchingiz va sabringizni sinaydi. Kyokushin karate sport turi ham shunday, himoyaning eng yaxshi usullarini o‘zida jamlagan, qo‘llar, tirsaklar, oyoqlar va tizzalar bilan urish, qo‘llarni ushlab turish, hujumlarga epchillik bilan javob qaytarish, Nodirning nazdida birmuncha erkinlik bu sport turining yutug‘idir. Shuning uchun ham u bu tanlovidan sira afsuslanmaydi.

Sayora Allayeva

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

“Har bir yigitning uyida oti bo‘lsin”

‘‘Ot qadrini qaydan bilsin, ot minmagan erkaklar’’, deganida xonanda Toshpo‘lat Matkarimov nechog‘lik haq bo‘lganini bugun …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan