Бош саҳифа / Жамият / Anemiya «urfi»

Anemiya «urfi»

Unim kam, bunim kam, ustiga ustak qonim kam, deya zorlanishdan ma’ni yo‘q. Negaki, bularning barini me’yorga keltirish aksariyat hollarda o‘zimizga bog‘liq.

Ayniqsa, tanamiz bilan bog‘liq xastalik bo‘lsa, uni bartaraf etish yoinki oldini olish mumkinligi fanda isbot topgan. Ayrim insonlarning muammosiga aylanib ulgurgan tanada temir moddasi yetishmovchiligi, ya’ni kamqonlik istaymizmi, yo‘qmi — ko‘plarga soya solib turadi. Kamqonlik — tibbiyot tili bilan izohlaganda anemiya. Anemiya — bu qonda eritrotsitlar soni va gemoglabin miqdorining kamayishi, sifatining o‘zgarishi bilan kechadigan kasallik. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo aholisining chorak qismi anemiyadan aziyat chekmoqda. Viloyatimizda anemiya bilan og‘riganlar, ularni davolash bilan bog‘liq holat, gematologik vaziyat bilan qiziqdik.

— Shukrki, oxirgi ikki yil ichida qon kamligi bilan shikoyat qilish hollari anchayin kamaygan, — deydi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi gematologiya bo‘limi boshlig‘i Dilbar Jo‘rayeva. — Negaki, yetishtirilayotgan mahsulotlarimizning tarkibi sifat jihatdan yaxshilanyapti. Ayniqsa, eng ko‘p iste’mol qiladiganimiz non va non mahsulotlari bo‘ladigan bo‘lsa, unning tarkibi boyitildi. Bu ham anemiya, tanada temir tanqisligining oldini olishda birlamchi omil hisoblanadi. Bundan biz homilador ayollar, tug‘uruq yoshidagi qizlarda ko‘p uchraydigan kamqonlik ayni paytda anchayin kamayganini ko‘rishimiz mumkin. Anemiyaning o‘zi ham bir qancha turlarga bo‘linadi: temir tanqisligi, homiladorlik, vitamin B12 va folat kislotasi yetishmovchiligi, plastik, gemolitik anemiya kabi turlari mavjud. Gemolitik anemiya vohamizda eng ko‘p uchraydi. Bu ham ikki xilda, irsiy va orttirilgan bo‘ladi. Bizda asosan irsiy gemolitik anemiya ko‘p uchraydi.

Aksariyat hollarda ushbu kasallik qarindoshurug‘chilik orasida nikoh sabab paydo bo‘ladi. Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan kamqon bolalar tug‘ilish holatlari uchrashi ayni haqiqat. Nazarimda, allaqachon qarindosh-urug‘chilik o‘rtasidagi nikohni to‘xtatadigan payt kelgan. Ammo, bizda hali-hanuz bu “urf”da. Gemoglabin miqdori normal holatda ayollarda 120 dan 140 gacha bo‘lsa, erkaklar uchun 140 dan 160 gacha bo‘lishi kerak. Tanadagi gemoglabin miqdoriga qarab anemiya uch darajaga bo‘linadi. Gemoglabin miqdori 91 dan normagacha bo‘lgan davri anemiyaning yengil darajasi hisoblanadi. 71 dan 89 gacha esa o‘rta daraja, 69 dan pasti esa o‘ta og‘ir darajadagi kamqonlik hisoblanadi.

Darajasiga qarab, davolash ham o‘ziga xos kechadi. Qanday deysizmi? Bu haqidagi mutaxassislar bergan qimmatli ma’lumotlarni gazetamizning 45-sonida o’qiysiz.

Adolat Mo’minova

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Янги ўқув йилидан хорижий тиллар ўқитувчиларига 50 фоиз устама тўланади

021 йил 19 майда давлат раҳбарининг “Ўзбекистон Республикасида хорижий тилларни ўрганишни оммалаштириш фаолиятини сифат жиҳатидан …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan