Бош саҳифа / Жамият / 61 nafar xizmatchining farzandi imtiyoz asosida talaba bo’ldi

61 nafar xizmatchining farzandi imtiyoz asosida talaba bo’ldi

Termiz xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta`minlash alohida batalonida Ichki ishlar vazirligi xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta`minlash bo’yicha qo’shinlari qo’mondoni o’rinbosari, polkovnik N.Pirmamatov hamda vazirlik harbiy tuzilmalar apparati xodimi, podpolkovnik A.Mirhodiyevlar rahbarligidagi ishchi guruh harbiy qism shaxsiy tarkib ofitser va serjantlari bilan uchrashdi.

Unda harbiy intizom, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek, ularning oila a`zolariga berilayotgan imkoniyatlar va qo’shimcha imtiyozlar haqida alohida to’xtalib o’tildi. Afg’on diyorida yuzaga kelgan vaziyat paytida o’z xizmat vazifasini to’la-to’kis ado etgani uchun ham batalyondagi harbiy xizmatchilarga minnatdorchilik bildirildi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolarining ijtimoiy himoyasiga hukumatimiz tomonidan juda katta e’tibor qaratilayapti, – deydi Ichki ishlar vazirligi xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta`minlash bo’yicha qo’shinlari qo’mondoni o’rinbosari, polkovnik N.Pirmamatov. – Harbiy xizmatchilarning oziq-ovqat, kiyim-bosh bilan ta’minlanishi, ularni moliyaviy tomondan qo’lab-quvvatlash, rag’batlantirish, sog’ligini tiklash, dam olishi, uy-joy bilan ta’minlanishi borasida so’nggi yillarda ko’plab yangiliklar amalga oshirilib kelinmoqda. Prezidentimiz harbiy xizmatchilarning farzandlarini oliy ma’lumotli bo’lishlariga ham keng yo’l ochib berayotgani sir emas. Jumladan, 2021-yil 61 nafar harbiy xizmatchimizning 64 nafar farzandi yurtimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda qabul qilinganining o’zi so’zimni tasdiqlaydi.

Uchrashuv davomida qo’shin tarkibida xizmat vazifasini o’tayotgan harbiy xizmatchilarga sohada amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ham to’xtalib o’tildi, batalyondagi harbiy xizmatchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi, muammolari eshitilib, murojaatlarini atroflicha hal etish choralari ko’rildi.

Xizmatchilar nafaqat o’zlari uchun, balki qo’shinda birga xizmat vazifasini olib borayotgan  va ayni damda poytaxtda farzandining sog’ligini tiklatish uchun yurgan safdoshlariga moddiy ko’mak so’rashdi. Va bu masalaga ijobiy yechim topiladigan bo’ldi. Bu esa harbiy xizmatchilarimiz orasidagi mehr-oqibatdan, yor-birodarlarini har tomonlama qo’llashga tayyor ekanliklaridan dalolatdir.

Adolat Mo‘minova

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Vaksina vahimasi

Bir necha yillardan buyon butun dunyoni tashvishga solgan, jamiyat hayotining barcha jabhalariga birday jabr ko‘rsatgan, …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan